15:30 / 12.06.2019
15258

O‘zbekistonda «Yandeks.Taksi» soliq to‘laydi

Foto: Yandeks

O‘zbekistonda «Yandeks.Taksi» taksilarga buyurtma berish xizmati soliq to‘lashni boshlaydi. Bu haqda davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. 

«Yandeks.Taksi» soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan. Bu masalani tartibga soldik. Soliq to‘laydigan tadbirkorlarga nisbatan bizning e'tirozimiz yo‘q. Ularga ro‘yxatdan o‘tish va soliq to‘lash uchun imkoniyat berdik», – dedi Mirzayev.

Avvalroq «Yandeks»ning rivojlanish va lokalizatsiya bo‘yicha O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori kompaniya har bir mamlakatda qonunchilikka muvofiq ishlashini va soliq to‘lashga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

«Yandeks.Taksi» 2018 yil iyunda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan va Toshkentda ishlay boshlagan. Servis o‘z faoliyatini boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Top