12:20 / 13.06.2019
13287

Jonivorlarning chiqishlaridan voz kechib, tomoshabinlarni hayron qoldirgan 5 ta jahon sirki

Tobora ko‘p mamlakatlar sirkdagi chiqishlarda hayvonlarning ishtirokidan voz kechmoqda. Bu jonivorlarni og‘ir hayot sharoitlari va zo‘ravonlikdan himoya qiladi. Biroq tomoshalar zavqini kamaytirmaydi. Axir, odamlar yangi tryuk va dekoratsiyalarni o‘ylab topishadi. Ayrim vaqtlarda esa zamonaviy texnologiyalar ularga yordamga keladi. Roncalli nemis sirki ana shuni muvaffaqiyatli tarzda namoyish etdi – u yerda sahnaga jonivorlar o‘rniga ularning gologrammalari chiqdi.

AdMe.ru nemis artistlarining topqirligi va ijodkorligiga qoyil qoldi va jonivorlardan foydalanmagan holda mashhurlikka erishgan bir necha mashhur sirklarni tanlashga qaror qildi.

Cirque du Soleil

Foto: Instagram/Cirquedusoleil

Dunyodagi eng mashhuri, albatta, Cirque du Soleil. U mana 35 yildan beri mavjud va turli truppalardagi 4 mingga yaqin artistlarga ega. Ilk kunlardanoq sirk tomoshalarda jonivorlardan foydalanmaydi. Asosiy urg‘uni akrobatik nomer va g‘aroyib dizaynga qaratadi.  Aynan Cirque du Soleil sirk san'ati haqidagi mavjud tasavvurlarni o‘zgartirib, ko‘pchilikni hayvonlarni tomosha ko‘rsatishga o‘rgatishdan voz kechishga undagan deb hisoblanadi.

Xitoy davlat sirki

Foto: chinesestatecircus.com

Bu dunyodagi eng qadimiy sirk – uning yoshi 2 ming yilga yaqin. U tomoshabinlarni g‘aroyib chiqishlar, faqat shaolin monaxlarigina bajara oladigan murakkab tryuklari bilan hayratga soladi. Artistlar chiqishlarga jonivorlarni jalb etishmaydi.

«Ona Afrika» sirki

Foto: Facebook/Motherafricacircus

Tsirk Sharqiy Afrikaning turli burchaklaridagi 40 dan ortiq artistlarni birlashtirgan. Ularning chiqishlari juda rang-barang va jo‘shqin: murakkab akrobatik tomoshalar milliy musiqa va raqslar bilan almashadi. Tsirk artistlari ilk davrlardanoq jonivorlar chiqishlaridan voz kechishgan va o‘z kuchlari bilan mashhurlikka erishishgan.

OZ sirki

Foto: Facebook/Circusoz

Avstraliyadagi bu sirkning dunyoda o‘xshashi yo‘q. U mana 40 yildan ortiq vaqt davomida mavjud va o‘z tomoshalarida sirk san'ati, satira teatri va rok-n-rollni birlashtiradi. Artistlar fonogrammadan foydalanishmaydi va ularning o‘zlari musiqa asboblarida chalishadi. Barcha chiqishlarda avstraliyacha o‘ziga xoslik ufurib turadi. San'atning bunday betakror aralashmasi artistlarga dunyoga tanilish imkonini berdi. Ular ham tomoshalarda jonivorlardan foydalanishmaydi.

Tsirk Roncalli

Foto: Instagram/Circustheaterroncalli

Hayratlarga sabab bo‘lgan nemis sirki 1976 yildan beri mavjud. O‘zining uzoq tarixiga qaramay, artistlar tadqiqot va yangiliklarga doimo tayyor. Yaqinda tomoshabinlarni hayratga solgan gologrammali fil surati butun dunyoga tarqaldi.

Ulkan fildan tashqari arenada yaltiroq otlar va hatto oltin baliq ham paydo bo‘ldi.

Tsirk artistlari bu bilan ham chegaralanishmadi. Tomoshabinlarga havo sharining savatida uchuvchi gologrammali masxaraboz ham namoyish etildi.

Jonivorlar o‘rniga namoyish etilgan gologrammalarga nima deysiz? Ana shunday tomoshaga borarmidingiz?

Mavzuga oid
Top