15:50 / 13.06.2019
22202

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Bishkek shahriga tashrif buyurdi.

Manas xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kutib oldi.

Bugun qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 14 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Top