16:50 / 14.06.2019
14267

2018 yilda 9 nafar prokuror tamagirligi tufayli ishdan bo‘shatilgan

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, tadbir davomida prokuratura xodimlarining tamagirliklari bilan bog‘liq holatlar haqida ma'lumot berilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yilda prokuraturaning 61 nafar xodimi tamagirlik tufayli ishdan olingan. Shundan 9 nafari prokuror, 3 nafari departament xodimlari, 49 nafari esa MIB xodimlaridir.

Top