08:35 / 16.06.2019
12752

Hindistonda 7 kishi mehmonxona kanalizatsiyasini tozalash vaqtida halok bo‘ldi

Foto: Depositphotos

Hindistonning Gujorot shtatida 7 kishi kanalizatsiyani tozalash vaqtida zaharli gazdan zaharlanib halok bo‘ldi. Baxsiz hodisa Fartikuyda joylashgan “Darshsan” mehmonxonasida yuz bergan, deb xabar berdi BBC News telekanali. 

4 ta tozalovchi va mehmonxonaning 3 xodimi hodisa qurboni bo‘lgan.

Kanalizatsiyaga dastlab bir tozalovchi tushgan. U paydo bo‘lavermagach, uning ortidan birin-ketin hamkasblari, so‘ngra mehmonxona xodimlari kanalizatsiyaga tushgan. Ularning barchasi chiqindilar yig‘iluvchi sisterna ichiga tushishi bilanoq hushini yo‘qotgan. Jasadlar 3 soat o‘tgachgina chiqarib olingan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, o‘limlarga nafas bo‘g‘ilishi sabab bo‘lgan.

Mehmonxona egasi qo‘lga olinib, unga jinoiy ish bo‘yicha ayblov bildirilgan.

Ta'kidlanishicha, Hindistonda kanalizatsiyalar aksar hollarda hali ham qo‘lda tozalanadi. 10 yil ichida 1 ming 800 ga yaqin tozalovchi shunga o‘xshash halok bo‘lgan.

Top