19:10 / 17.06.2019
5451

Fransiyalik milliarder Sotheby’s auksion uyini 3,7 mlrd dollarga sotib oldi

Foto: Panoramic / Zuma / TASS

Sotheby’s auksion uyi tadbirkor Patrik Draiga tegishli BidFair USA kompaniyasiga sotildi. Sotheby's direktorlar kengashi ma'qullagan kelishuv shartlariga ko‘ra, kompaniya uni 3,7 mlrd dollarga baholagan.

Sotheby's aksionerlari kompaniyaning har bir aksiyasi uchun 57 dollardan olishadi, bu 14 iyundagi narxlardan 60%ga yuqoriroqdir. Shunday qilib, 31 yil davomida jamoatchilik kompaniyasi sifatida faoliyat olib borgan Sotheby's yana xususiylashdi.

Sotheby’s — dunyodagi eng qadimiy auksion uylaridan biri. U 1744 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan.

Patrik Drai Parijdagi politexnika maktabini bitirgan. So‘ngra telekommunikatsiyalar milliy maktabida tahsil olgan. U 2001 yilda Altice xolding kompaniyasini tashkil etgan va Fransiya, Belgiya hamda Lyuksemburgdagi kabel operatorlarini sotib ola boshlagan. Biznesmen 2009 yilda Isroilning Hot kabel operatorini sotib olgan va uni mahalliy mobil aloqa operatori bilan birlashtirgan. 

Mavzuga oid
Top