20:20 / 17.06.2019
9704

O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

"Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari va hukumatlararo yo‘nalish bo‘yicha bo‘lajak muloqotlar jadvalini ko‘rib chiqishdi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ikki davlat hukumat rahbarlari 30 may kuni Urganchda bo‘lib o‘tgan hukumatlar rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qilishgan.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingandi.

Top