13:43 / 17.06.2019
8971

Yangiyo‘lda o‘z uyida kannabis yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan viloyat ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning yashirin savdosi fosh etildi.

Xatirchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro X.F 1,2 gr. «marixuana»ni pullashga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqaroning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqada 1 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligi parvarishlanayotgani fosh bo‘ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari esa Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.A.ning xonadonida ham giyohvand o‘simliklar yetishtirilayotganini fosh qilishdi.

«Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilsh davomida bu yerda 6 tup kannabis parvarishlanayotgani, shuningdek, yotoqxonadagi javonda ham 4,5 gr. «kannabis» urug‘lari borligi aniqlandi», deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.

Top