20:45 / 18.06.2019
21166

Tramp qaysi holatda Eron bilan urush bo‘lishi mumkinligini aytdi

Foto: Jonathan Ernst

AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish uchun harbiy harakatni amalga oshirishi mumkinligini bildirdi.

Undan Eron bilan qaysi holatda urush boshlash ehtimolini ko‘rib chiqishini so‘rashdi.

"Yadro quroli tufayli bunga qo‘l urishim mumkin... Qolgan holatlarga esa so‘roq belgisini qo‘ygan bo‘lardim", - dedi Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga Tramp Eron ayblanayotgan Ummon ko‘rfazidagi tankerlarga hujumni "juda ahamiyatsiz" dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ummon ko‘rfazi hozirda AQSh uchun avvalgidek strategik muhim hisoblanmaydi. 

"Boshqalar u yerdan ko‘p miqdorda neft olishadi. Biz esa juda oz olamiz", - dedi u.

Top