17:27 / 19.06.2019
7657

Niderlandiya politsiyasi MH17 ishi bo‘yicha gumondorlarni hibsga olish uchun xalqaro order berdi

Foto: TASS

Qo‘shma tergov guruhi 2014 yil iyulda Ukrainada Boeing samolyoti halokatiga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni hibsga olish uchun xalqaro order berdi. Bu haqda Niderlandiya milliy politsiya rahbari Vilbert Paulissen ma'lum qildi.

"Ularni hibsga olish uchun xalqaro order berildi", - dedi u. 

Tergovchilar gumondor sifatida rossiyalik Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va Oleg Pulatov hamda ukrainalik Leonid Xarchenkolar ismlarini keltirgan.

Ushbu halokatni o‘rganish uchun tuzilgan tergov guruhi tarkibidan Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari joy olgan.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.  

Top