23:47 / 20.06.2019
7358

Boris Jonson yoki Jyeremi Xant Britaniya bosh vaziri lavozimini egallaydi

Foto: AFP 2019 / Daniel Leal-Olivas

Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va amaldagi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant Konservativ partiya yetakchisi va Britaniya bosh vaziri lavozimi uchun kurashning yakuniy bosqichiga chiqdilar. Bundan ovoz berishning 20 iyunda o‘tgan 5-bosqichi natijalari darak bermoqda. 

Jonsonga 313 deputatdan 160 nafari, Xant uchun esa 77 nafari ovoz bergan.

Yana bir nomzod – Britaniya atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi rivojlanishi vaziri Maykl Gouv 75 ovoz bilan oxirgi o‘rinni egallab, yakuniy bosqichga chiqa olmagan. Endi bosh vazir lavozimini kim egallashi Konservativ partiyaning 160 ming a'zosi orasida pochta orqali ovoz berish bilan aniqlanadi. Bunga bir oy vaqt beriladi, yangi bosh vazir nomi esa iyul oxirida e'lon qilinadi.

Xant Jonsondan ancha ortda qolayotganini hisobga olib, raqibi foydasiga nomzodini ovoz berishdan oladigan vaziyat ham ro‘y berishi mumkin. Aynan shunday vaziyat 2016 yilda Tereza Meyning raqibi Andrea Lidsom o‘z nomzodini ovoz berishdan olib, Meyni bosh vazir lavozimiga yagona nomzod qilib qoldirganda yuz bergan. 7 iyunda o‘z vakolatlarini topshirgan Meyning o‘zi esa yangi bosh vazir saylangungacha ushbu lavozimni egallab turadi.

Mavzuga oid
Top