08:34 / 22.06.2019
10095

Amerika Kubogi. Chili pley-offga chiqdi

Foto: REUTERS

Amerika Kubogida guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

S guruhida Chili va Ekvador bellashdi. Fuyensalida va Sanches gollari evaziga Chili 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu natijadan so‘ng, Chili 6 ochko jamg‘arib, pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ekvador birorta ochkoga ega bo‘lmay so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, V guruhidagi Kolumbiya keyingi bosqichga chiqqan ilk jamoa bo‘lgan edi.

Amerika Kubogi, 3-tur
S guruhi
Ekvador – Chili 1:2 (1:1, 0:1)
22 iyun, «Fonte Nova» stadioni
Gollar: 0:1 – 8 Fuensalida, 1:1 – 26, penalti Valensiya, 1:2 – 51 Sanches.
Ekvador – Dominges, Velasko, Achiler, Arboleda, Ramires, Grueso, Mena (Presiado, 82), Orexuela, Mendes (Valensiya, 60), Ibarra (Garses, 69), Valensiya.
Chili –  Aryas, Isla, Medel, Maripan, Bosejur, Arangis, Pulgar, Vidal (Xara, 90), Fuensalida (Dias, 70), Vargas (Ernandes, 86), Sanches.
Ogohlantirishlar: Mendes (3), Mena (34), Aryas (44), Bosejur (52), Arboleda (78), Grueso (81), Isla (82), Vidal (86), Velasko (90).
Chetlatish: Achiler (89).

Mavzuga oid
Top