00:00 / 23.06.2019
14814

Fotoreportaj: «Muxlislar mehmon jamoaga qarsak chalganda..». «Andijon» – «OKMK» 1:2

Bugun, Superliga bahslarining 12-turida “Andijon” klubi “OKMK”ni qabul qilib,1:2 hisobida o‘yinni boy berdi.

Bahsning 19 daqiqasida olmaliqlik Zafar Polvonov hisobni ochgan bo‘lsa, 32 daqiqada Ro‘zimboy Ahmedov mehmonlarning yagona golini darvozaga kiritdi. 79 daqiqada Shahzod Nurmatov tomonidan kiritilgan gol Mirjalol Qosimov jamoasiga uch ochkoni hadya etdi.

O‘yin tugagach, tribunadagi muxlislar ko‘rsatgan chiroyli o‘yini uchun mehmon jamoani qarsaklar bilan kuzatib qoldilar.

Elmurod Ermatov va Firdavs Ermatovlar tayyorlashdi

Mavzuga oid
Top