23:15 / 24.06.2019
23661

MTS 13 yil ichida ilk bor logotipini o‘zgartirdi

Foto: Maksim Stulov / Vedomosti / TASS

Rossiyaning MTS aloqa kompaniyasi logotipi, shiori va konsepsiyasi o‘zgarganini ma'lum qildi. Yangi brend qo‘llangan ilk reklama kampaniyasi 24 iyundan boshlanishi ma'lum qilingan. Kompaniyaning avvalgi “Sen bilasan, sen qila olasan!” shiori o‘rniga “Har kuni yaxshiroq bo‘lish” deyilgan yangi shiori paydo bo‘ladi.

Kompaniya oxirgi marta katta ko‘lamli rebrendingni 2006 yilda o‘tkazgan. O‘shanda kompaniya sariq rangdagi sim-kartadagi MTS va GSM yozuvlarini oq rangdagi tuxum va MTS yozuvli logotipga o‘zgartirgan. 

2010 yildan kompaniya o‘z logotipiga bir necha marotaba kichik o‘zgartirishlar kiritgan. Jumladan, ularni uch o‘lchamli ko‘rinishga keltirgan, shriftlarni yangilagan.

Mavzuga oid
Top