14:18 / 25.06.2019
4211

Toshkentda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda

Toshkentdagi «Intercontinental Tashkent» mehmonxonasi anjumanlar zalida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 20 ga yaqin davlatdan 200 ga yaqin ishtirokchilar shaxmatning rapid, standart, blits yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishmoqda.

Musobaqaning ochilish kuni (20 iyun) rapid yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. 24 iyun esa standart yo‘nalishining 5-6 turlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Musobaqa reytingida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari 5 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza bilan yetakchilik qilishmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati 27 iyunga qadar davom etadi.

Mavzuga oid
Top