18:50 / 26.06.2019
3819

AOKA delegatsiyasi YeXHTga a'zo davlatlar elchilari uchun tushlik tashkillashtirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi Avstriyaga ishchi tashrif doirasida YeXHTga a'zo 18ta davlatning elchilari uchun tushlik tashkillashtirdi.

«Agentlik jamoasi YeXHTga a'zo 18ta davlatning elchilari uchun tushlik tashkillashtirdi. 

Tushlikni tashkillashtirishdan maqsad - mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, eng avvalo, ommaviy axborot vositalari sohasidagi o‘zgarishlar haqida ma'lumot taqdim etish hamda media sohasi bo‘yicha loyihalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat», deyiladi agentlik direktori Komil Allamjonovning feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi 24 iyun kuni Avstriyaga ishchi tashrifini boshlagandi. Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi delegatsiya shu vaqtga qadar «Kurier» gazetasi rahbari Gelmut Brandshtatter, Avstriya davlat teleradiokompaniyasi «ORF» Bosh direktori Aleksandr Vrabets, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger hamda YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.

Mavzuga oid
Top