09:40 / 26.06.2019
15283

Iroq prezidenti mamlakat hududidan Eronga zarba berish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi

Foto: CNN

Bag‘dod har qanday holatda ham Eronga zarba berish uchun AQShga Iroqdagi Amerika bazalaridan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu haqda Iroq prezidenti Barxam Solih CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.

"Biz hududimiz qo‘shnilarimiz, jumladan Eronga qarshi har qanday dushmanlik harakatlari uchun platsdarmga aylanishini istamaymiz", - deb ta'kidladi Solih.

"Iroq keyingi qirq yil davomida do‘zax azobida yashadi. Biz tiklanish, tinchlik va oldinga qadam tashlashni istaymiz, nizolar iskanjasiga yana qaytmoqchi emasmiz. Mintaqadagi barcha davlatlar hamda xalqaro o‘yinchilarga shuni aytmoqchimanki, Iroqning barqarorligi va xavfsizligi o‘ta muhim ahamiyatga ega", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Eron atrofidagi vaziyat 13 iyunda Ummon ko‘rfazida ikkita tankerga hujum uyushtirilganidan so‘ng keskinlashdi. AQSh bu voqeada Eronni aybladi, Tehron esa bu ayblovni rad etdi.

Mavzuga oid
Top