17:00 / 26.06.2019
3199

Tailandda onlayn-o‘yinlar va striming servislariga nisbatan soliq joriy etilishi mumkin

Foto: CC0

Tailand aksizlar departamenti obunachilardan to‘lov oladigan onlayn-o‘yinlar hamda musiqa va filmlar uzatuvchi servislarga nisbatan soliq joriy etish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar berdi.

Aksizlar departamenti bosh direktori Patchar Anuntasilpaning so‘zlariga ko‘ra, YouTube va Facebook kabi Tailand tashqarisida joylashgan servislardan soliq undirishda muammolar mavjud. Agarda yig‘im joriy etishning uddasidan chiqilsa, bu hashamat uchun soliq bo‘ladi.

Tailand moliya vazirligi mamlakatda daromad oladigan, lekin qirollik tashqarisida bo‘lgan onlayn-platformalarga soliq joriy etish imkoniyatlarini muntazam o‘rganib boradi, deb yozadi Bangkok Post.

Mavzuga oid
Top