Hindistonning Mumbay-Nyuark (AQSh) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Air India aviakompaniyasi samolyoti bomba haqidagi xabardan so‘ng Londonning Stansted aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniyaning Twitter akkauntida xabar qilindi.
"Mumbay-Nyuark yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan AI191 reysi bomba portlashi xavfi sababli Stansted aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Hozircha voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.