16:30 / 28.06.2019
19466

«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ulkan gaz zaxirasi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi

Foto: yatec.ru

Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt neft-gaz hududida ulkan gaz zaxirasi bo‘lishi mumkin, dedi «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda so‘nggi ikki yilda uchta yangi kon ochilgan.  

«Kuni kecha «Arslon-12» qudug‘ida gaz paydo bo‘ldi. Uchta konning barchasi yaxlit ekanligi ehtimoli juda katta. Kecha gaz chiqqan «Arslon-12» aynan Arslon va Janubiy Surg‘il konlari o‘rtasida joylashgan», – dedi Siddiqov. 

Bu esa ushbu hududda «ulkan gaz koni joylashgan» deyishga asos bo‘ladi.

Top