23:20 / 28.06.2019
19130

Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llari sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yo‘lini borib ko‘rdi.

19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi mazkur yo‘l qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Bugungi kunda uning 12 kilometri, jumladan, Chirchiq daryosi ustida ko‘prik barpo etilgan. 
Ma'lumki, Toshkent shahrini Chorvoq hududi bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘lida qatnov juda ko‘p. Dam olish mavsumida ko‘pincha tirbandlik yuzaga keladi. Bu yangi yo‘l katta yuklamani o‘ziga olib, masofani ham qisqartiradi, aholi va sayyohlarning kurort zonalarga tez va oson yetib borishini ta'minlaydi.

Prezident yo‘llar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni ta'minlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini ta'kidladi. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida Germaniyaning o‘qitish tizimini joriy qilish, shu sohada o‘rta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Top