12:18 / 29.06.2019
11366

Si Tszinpin Trampga Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilishini aytdi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

XXR raisi Si Tszinpin AQSh prezidenti Donald Trampga Xitoy o‘zining tub manfaatlarini himoya qilishini bildirdi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

Ikki davlat rahbarlari Osakadagi G20 sammitida bir soatu 20 daqiqia suhbatlashishdi.

"Mamlakat davlat mustaqilligi va qadr-qimmati bilan bog‘liq masalalarda Xitoy o‘zining tub manfaatlarini himoya qilishi shart", - dedi Si Tszinpin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Amerika Si Tszinpin va Donald Tramp uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritmaslikka tayyorligini bildirgan.

Mavzuga oid
Top