09:44 / 29.06.2019
44975

Turkmanistondagi benzin ishlab chiqaruvchi zavod Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: DPA

28 iyun kuni Turkmanistonning Axal shahrida benzin ishlab chiqaruvchi zavodning ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Turkman davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, u «tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaruvchi dunyodagi birinchi zavod» sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Rejaga ko‘ra, korxona yiliga 600 ming tonna A-92 markali va Euro-5 standartli benzinni ishlab chiqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 1,7 milliard dollarga teng.

Top