19:40 / 30.06.2019
12227

Humo Arena saroyida «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘z egalariga topshirildi

Foto: O‘zA

Humo Arena saroyida 30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi. Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tantananing ochilish qismida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, bayram dasturi ochilishida «Mard o‘g‘lon»ning Toshkent shahri bo‘yicha sovrindorlariga davlat mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mukofotni Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev topshirdi.

Sovrindorlar orasida Chirchiq ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internati velosport bo‘limi o‘quvchisi Yevdakimov Danil, O‘zFA Lomonosov nomidagi matematika instituti tayanch doktoranti Shopo‘latov Shomurod bor. Respublika bo‘yicha mukofot 28 nafar yigitga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 21 noyabr kuni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta'sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili «Yoshlar kuni» arafasida topshirish haqidagi taklifi ma'qullangan.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

RO‘YXATI

Masharipov Elyor Shomurod o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh katta ofitseri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Radjapov Alisher Muxadinovich

-

Nukus sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Pozilov Dilxushbek Orifjon o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi harbiylashtirilgan qism boshlig‘ining o‘rinbosari (Andijon viloyati)

Umarov Oybek Tulkunjanovich

-

Andijon mashinasozlik instituti laboranti (Andijon viloyati)

Bafoyev Shahboz Shamsiddin o‘g‘li

-

«Vatanparvar» tashkilotining G‘ijduvon avtomobil maktabi avia-raketamodel to‘garagi rahbari (Buxoro viloyati)

Ismoilov Doniyor Lazizjonovich

-

Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li

-

Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi (Jizzax viloyati)

Okanov Sayfiddin Muxiddin o‘g‘li

-

Jizzax davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Abduraimov Elmurod Abdusalomovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri (Qashqadaryo viloyati)

Raupov Sharifjon Bayramali o‘g‘li

-

«Hunarmand» uyushmasining G‘uzor tumani bo‘limi a'zosi, hunarmand-zargar (Qashqadaryo viloyati)

Nomozov Davronbek 
Zokir o‘g‘li

-

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi sex muhandisi (Navoiy viloyati)

Tashpo‘latov Asatbek Zohidjon o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Abdumutalov Muhammadsiddiq Qahramonjon o‘g‘li

-

Kosonsoy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining karate bo‘yicha murabbiyi (Namangan viloyati)

Mo‘minov Temurbek Rustamjon o‘g‘li

-

Norin tumanidagi «Omadbek bo‘stoni» fermer xo‘jaligi boshlig‘i (Namangan viloyati)

Ruzimurodov Asqar 
Sobir o‘g‘li

-

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining 3-bosqich kursanti (Samarqand viloyati)

Uzbekov Lazizxon Xomidxon o‘g‘li

-

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Bahromov Nodirbek Olimjon o‘g‘li

-

Boyovut tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Qurbonov Javohir Abdumalik o‘g‘li

-

Sirdaryo tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi (Sirdaryo viloyati)

Azizov Shahzod 
Abdug‘ani o‘g‘li

-

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-o‘qchisi (Surxondaryo viloyati)

Sherboyev Alisher 
Safar o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Boltayev Bexzodbek Matyoqub o‘g‘li

-

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Xolmurzayev Shaxboz Ibragim o‘g‘li

-

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Zokirov Elyorjon Anvarovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Farg‘ona viloyati)

Qalandarov Xasanjon Odilovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh komandiri (Farg‘ona viloyati)

Bazarbayev Sardor Urinboyevich

-

O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Madrimov Israil Modraximovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qorovul qo‘shinlari xodimi (Xorazm viloyati)

Yevdokimov Danil Aleksandrovich

-

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Shopo‘latov Shomurod 
Shorasul o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti tayanch doktoranti (Toshkent shahri)

Top