10:00 / 30.06.2019
47802

Vazir o‘rinbosari Mo‘ynoq tumaniga yangi hokim bo‘ldi

Yerpolat Yedenbayev Mo‘ynoq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «Makan.uz» xabar bermoqda.

U shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma'lumot uchun, Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimini 2017 yil may oyidan beri Saylao‘bay Daniyarov egallab kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha bunyod etilishi haqida gapirgandi.

Vazirlar MahkamasiQoraqalpog‘iston Republikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, ushbu tuman innovatsiyalar, texnologiyalar va investitsiyalar markaziga aylantiriladi.

«Mo‘ynoq 2019 xayriya jamg‘armasi»ga 6 milliard so‘mdan ortiq xayriya kelib tushdi

Mavzuga oid
Top