17:26 / 01.07.2019
17609

Putin Zelenskiy bilan shunchaki emas, natijaga erishish uchun uchrashishi ma'lum qilindi

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi emas, uchrashuvda erishiladigan aniq kelishuvlar muhim, dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Putin xalqaro ishlarda, ayniqsa Ukraina bilan munosabatlar kabi muhim masalada pragmatizmga to‘la. Shunchaki uchrashuv, hech kimga kerak emas bo‘lsa kerak, natija uchun uchrashuv muhim», — dedi u.

«Biz avvalo suhbatdoshlarimizning siyosatini, ularning strategik yo‘nalishini anglab olishimiz kerak, chunki ayrim qarama-qarshi bayonotlar bo‘lgandi», — deb qo‘shib qo‘ydi Peskov.

Avvalroq Ukraina sobiq moliya vaziri, hozirda xavfsizlik kengashi kotibi Putin va Zelenskiy uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top