12:51 / 02.07.2019
5456

Odnoklassniki guruhlar uchun jonlantirilgan muqovalarni joriy etdi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘idagi guruh administratorlari guruhlar uchun jonlantirilgan muqovalarni yuklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endi OK hamjamiyatlarida bir necha klik orqali jo‘shqin muqovaga beshtagacha suratlarni o‘rnatish mumkin bo‘lib, ular obunachilar e'tiborini jalb etgan holda bir biri bilan almashib turadi. Jonlantirilgan muqovalar brend va mahsulot haqida ma'lumot berishi hamda sahifani boshqalar orasidan ajratishga yordam berishi mumkin.

OKdagi muqovalar nafaqt hamjamiyatni brendlashtirish, balki suratlar ketma-ketligi yordamida hamjamiyat tarixi haqida aytib berish imkonini beradi. Yangi vosita masalan, guruh yangiliklarini, tanlov yoki aksiya shartlarini ulashishga, kayfiyat yaratish uchun rasmlar, obunachilar fotosuratlarini, ommabop tovarlar suratlarini va boshqalarni yuklashga yordam beradi.

Shuningdek, jonlantirilgan muqovalar biznes uchun ham foydali bo‘ladi, chunki foydalanuvchi brend to‘g‘risida 5 karra ko‘p ma'lumotni ko‘radi. Bunda kompaniya guruhga tashrif buyuruvchiga tovarlar va xizmatlar, chegirmalar va aksiyalar haqida darhol xabar beradi, muqovadagi kompaniya tarixi e'tiborni jalb etadi hamda obunachilarni barcha suratlarni ko‘rib, guruhda ushlanib qolishga chorlaydi. 

Tutu, Ozon va Bon Appetit guruhlari jonlantirilgan muqovalarni birinchilardan bo‘lib sinovdan o‘tkazdilar. Shu tariqa, sayohatlar onlayn-xizmati sayohatlarga oid ilhomlantiruvchi fotosuratlarni joylashtirdi, Ozon muqovalar yordamida o‘z tovarlariga yozgi aksiyalar haqida eslatib o‘tdi, Bon Appetit esa pazandalik hamjamiyati sifatida oziq-ovqat va taomlarning ishtahani qo‘zg‘aydigan tasvirlarini joylashtirdi.

Muqovani har qanday moslamada o‘rnatish va sozlash mumkin. Buning uchun foydalanuvchi administrator bo‘lgan guruhdagi “Redaktirovat oblojku” (“Muqovani sozlash”) tugmasini bosish kerak. Ko‘rinadigan menyuda moslama turiga bog‘liq holda “Nastroyki oblojki” (“Muqova sozlamalari”) yoki “Mobilnaya oblojka” (“Mobil muqova”) opsiyalari yuzaga keladi. Shundan so‘ng 1dan 5tagacha surat yuklash mumkin. Har qanday tasvirni veb-versiya uchun 3:1 formatga va mobil ilovalar uchun 4:3 formatga moslashtirish mumkin.

Top