12:48 / 03.07.2019
23641

Buxoroda Milliy gvardiya zobiti 8 yoshli cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Foto: Videodan kadr

Buxoroda Milliy gvardiya zobiti 8 yoshli bolaning hayotini qutqarib qoldi. 2011 yil Andijonda tug‘ilgan R.M. Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Bahovuddin Naqshband yodgorlik majmuasi hududida joylashgan «Bibi Orifa» masjidi hovlisida o‘ynab yurib, u yerdagi hovuzga tushib ketadi.

Bolaning jon holatda suvdan chiqishga intilishiga qaramay cho‘kib borayotganini ko‘rgan Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 5-alohida otryadi 1-guruh safdor xodimi Dadaxon Xo‘jayev o‘zini suvga tashlab, 8 yoshli bolani qutqarib qoldi. Bu holat nazorat kamerasida ko‘ringan.

 

Top