09:28 / 04.07.2019
7741

IIV Malaka oshirish instituti sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan 11 oy mobaynida o‘tkazilgan o‘quv yig‘inlarida qariyb 6500 ga yaqin xodimlar qatnashib, o‘z malakasini oshirdi.

Joriy yilning 1-17 iyul kunlari Institut tomonidan Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi tumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining jinoyat-qidiruv bo‘limlari boshliqlari, xavfsiz turizmni ta'minlash xizmati tezkor va profilaktika xodimlari, navbatchilik qismlari xodimlari va profilaktika inspektorlari uchun malaka oshirish sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda. 

O‘quv yig‘inlarida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy va me'yoriy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mashg‘ulotlar mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan ichki ishlar idoralari faoliyatidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtirilmoqda.

Ta'lim muassasasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jinoyatchilikka qarshi kurashish, Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, Axborot-texnologiyalari kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘qitishning zamonaviy interfaol uslublari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Sayyor o‘quv yig‘inlarini Institut boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Nuriddin Normatov ochib, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida butun xalqimiz uchun buyuk ne'mat hisoblangan “tinchlik va osoyishtalikni saqlash” masalasiga bugungi kunda jamiyatdagi eng muhim ikkita masaladan biri sifatida alohida e'tibor qaratganligi xususida to‘xtalib o‘tdi. 

Bundan tashqari, joylarda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar doirasida Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan hududiy ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarni faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar bilan hamkorlikda mahallalarda aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish ham amalga oshirilmoqda.

Top