09:32 / 04.07.2019
9221

«Real» hujumchilaridan birini 20 mln yevroga sotib yubordi

Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Raul de Tomas foliyatini «Benfika»da davom ettiradigan bo‘ldi. U Lissabon klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.

«Klub Raulga qilgan xizmatlari uchun va «Real»ga kelgan vaqtidan boshlab o‘z ishiga fidoyilik ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildiradi. Biz unga faoliyatining yangi bosqichida omad tilaymiz», – deyilgan Madrid klubi rasmiy xabarida.

Marca`ning yozishicha, transfer 20 mln yevroga amalga oshgan – «Benfika» dastlab 35 mln yevro so‘rayotgan «Real»ni narxni pasaytirishga ko‘ndira olgan.

24 yoshli de Tomas «Real»ning o‘z tarbiyalanuvchisi sanaladi. O‘tgan mavsumni u «Rayo Valekano»da ijarada o‘tkazib, La Liganing 33ta o‘yinida maydonga tushgan va 14ta gol urib, 1ta golga hammuallif bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top