18:26 / 04.07.2019
13774

Tbilisida sodir etilgan tartibsizliklar davlat to‘ntarishiga urinish deb baholandi

Foto: Aleksey Malgavko / RIA Novosti

20-21 iyun kunlari Tbilisidagi parlament binosi oldida sodir bo‘lgan tartibsizliklar isyon qilish yo‘li bilan hokimiyatni egallab olishga urinish bo‘lgan, dedi Gruziya bosh prokuraturasi rasmiy vakili Koka Katsitadze.

«Aniqlanishicha, ushbu maqsadni amalga oshirishning birinchi bosqichi Gruziya parlamentiga qarshi tajovuz qilish orqali butun mamlakat bo‘ylab jinoiy harakatlarga olib kelish bo‘lgan, bu urinish Gruziya huquqni muhofaza qilish organlarining bevosita sa'y-harakatlari bilan yo‘qqa chiqarildi», — dedi Katsitadze.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatni isyon yo‘li bilan ag‘darish va bosib olishga urinish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.  

Tbilisida norozilik namoyishlari 20 iyunda, shaharga rossiyalik deputat Sergey Gavrilov kelganidan so‘ng boshlangandi. Bir necha ming kishi parlamentni kuch bilan egallashga uringan, politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. 200dan ortiq kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan 80 nafari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridir.

Mavzu
Gruziyadagi mojarolar
Gruziyada 20 iyun kuni Rossiyaga qarshi mitinglar boshlandi
Barchasi
Top