10:45 / 05.07.2019
30699

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Hayot Ne'matovich Shamsutdinov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Hayot Shamsutdinov shu vaqtgacha Farg‘ona viloyati prokurorining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha katta yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

U biroz avvalroq lavozimini tark etgan Surayyo Rahmonova o‘rnida ish boshlaydi.

Bundan avvalroq so‘nggi vaqtlarda bosh prokuratura matbuot xizmati bo‘lib kelgan Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangani xabar qilingandi.

Top