09:06 / 05.07.2019
23364

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi 5-8 iyul kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 5-6 iyulda 35-40 daraja, 7-8 iyulda 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 6-8 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 iyulda 18-23 daraja, 6-8 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top