14:09 / 06.07.2019
8179

Navoiyda fuqaro qurilish mollari savdosiga pul tikib, 248 million so‘mga aldanib qoldi

Foto: REUTERS/Mukhammadsharif Mamatkulov

2019 yil 5 iyun kuni Navoiy shahri Ibn Sino ko‘chasida yashovchi 30 yoshli S.D. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2017 yil avgust oyidan 2019 yil aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Andijon tumani Xartum QFYda yashovchi 34 yoshli A.Yu. unga qurilish mollari savdosiga pul tikib, ushbu savdodan yuqori daromad olishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan 248 835 000 so‘m pullarini olganligini va o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Yu. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid
Top