14:29 / 06.07.2019
21068

Toshkent shahridagi Salom ko‘chasida noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda 

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahridagi Salom ko‘chasida noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ko‘plab ko‘chalarda piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi piyodalarni yo‘lning asosiy, avtomobil qatnov qismidan yurishga majbur etadi va xavf ostiga qo‘yadi. Asta -sekin vaziyat yaxshilanmoqda. Oltintepa va Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chalarini bog‘laydigan Salom ko‘chasida noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda. Ular o‘rnida piyodalar yurish yo‘laklari paydo bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi “Namunali ko‘cha” loyihasi dasturiga kiritilgani xabar qilingandi. Ayni kunda ushbu ko‘chada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Salom ko‘chasi transportlar harakati uchun iyul oy so‘ngiga qadar yopildi.

Top