16:51 / 06.07.2019
9701

Yunusobodda 11ta daraxt noqonuniy kesildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 163 mln so‘m deb baholanmoqda

Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 4 iyul kuni Yunusoboddagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganligi haqida tezkor xabar yetib keldi. 

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, xabar bu kabi vaziyatlar uchun maxsus yaratilgan @EcoControl_bot telegram boti orqali yetkazilgan.  

Caption

Tezkor surishtirish ishlari natijasida haqiqatdan ham Yunusobod tumani, 4-mavze, "Billur" mahallasida  diametri  51sm dan 78 sm gacha bo‘lgan 11 ta daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi.

Daraxtlar kesilishi  "METIN KOMMUNAL SeRVIS" MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Tabiatga keltirilgan zarar jami 163,663,929 so‘m deb baholandi. 

Caption

Ushbu holat bo‘yicha tuman Ekologiya inspeksiyasi  tomonidan rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

“Siz daraxtlarning noqonuniy kesilish jarayoniga guvoh bo‘lsangiz, @EcoControl_bot telegram botiga xabar qiling”, - deyiladi xabarda.

Top