21:23 / 08.07.2019
13916

«Barselona» yangi darvozabon taqdimotini o‘tkazdi

«Barselona» braziliyalik posbon Neto taqdimotini o‘tkazdi.

29 yoshli darvozabon 26 million yevro evaziga «Valensiya»dan sotib olindi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana 9 million yevroga oshishi mumkin.

Neto «Barselona» bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

Ma'lumot o‘rnida, Neto «Atletiko Paranaense» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatida «Fiorentina» va «Yuventus» klublarida ham o‘ynagan. Braziliya milliy jamoasida 1ta o‘yinda maydonga tushgan.

Top