16:19 / 09.07.2019
39827

Bosh prokuratura Chilonzor tumanidagi qotillik haqida rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Ramiz Baxtiyarov

2019 yil 7 iyul kuni fuqarolar Yu.M (1976 y.t., erkak) va A.G.lar (1991 y.t., erkak) Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borib, spirtli ichimliklar iste'mol qilishgan. 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2019 yil 8 iyul kuni soat 06:00larda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal natijasida Yu.M. fuqaro A.G.ning ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Yu.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yu.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid
Top