16:25 / 09.07.2019
10020

Liviyaning Tripoli shahri atrofidagi janglarda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Hazem Ahmed

Liviyaning Tripoli shahri atrofidagi to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 5,5 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

"Tripoli atrofidagi inqirozga to‘rt oy bo‘lmoqda, halok bo‘lganlar soni 1048 kishini tashkil etadi, 5558 kishi jarohatlangan", - deyiladi JSTning Twitter sahifasidagi xabarida.

Aprel oyida Feldmarshal Halifa Haftar qo‘mondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi poytaxt Tripoliga yurishining 2-bosqichini boshlagandi.  

Haftar Tripoliga yurishga 4 aprelda buyruq bergandi. Uning bo‘linmalari Tripolidan janubda joylashgan G‘aryon va Surman shaharlari ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top