03:17 / 11.07.2019
19444

Hayotni uch oddiy bosqichda yaxshilovchi yaponlar. Kaizen («ijobiy o‘zgarish» ) falsafasi

Foto: Reuters

Weforum nashri ma'lumotiga ko‘ra, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda amerikalik avtomobil sohasi boshqaruvchilari yapon Toyota'siga tashrif buyurishadi. Maqsad esa kompaniyaning qanday va qancha transport ishlab chiqara olishini imtihondan o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. O‘shanda amerikalik ishbilarmonlar inson falsafasi ishlab chiqarish innovatsiyasini oyoqqa qo‘ya olishiga guvoh bo‘lgan edi. Ishchilarni rag‘batlantirish, jarayonni o‘stirish, qonun-qoidalarning bir maromda borishi uchun bu falsafa muhim bo‘lgan.

Ishchilar jazolanishi o‘rniga Toyota'da chiqimni kamaytirib, samaradorlikni oshirish taklifini bera oladigan xodimlar rag‘batlantirilgan. Natijada Toyota zavodlarida faqat o‘ta kichik xatolar qayd etilib, rivojlanish har doim bir maromda ushlab turilgan.

Bu falsafa – Kaizenni amerikalik rahbarlardan biri o‘zlashtirib, ushbu yo‘nalish sog‘liqni saqlashdan tortib to dasturiy sohada ham qo‘llaydi.

Kayezin falsafasi doimiy rivojlanib boradi, vaqt ta'sirida o‘zgarish xususiyatiga ega. Birinchi marta u joriy qilinayotgan paytda notinchlik, katta o‘zgarishlar va xato qilishdan qochishga harakat qilingan. Holbuki, bu tushunchalar ko‘pincha innovatsiya bilan birga tilga olinadi. Biroq kaizen o‘z tarjimasida ham aynan «ijobiy o‘zgarish»  degan ma'noni anglatadi.

Kaizenni logistika va boshqa turdagi sanoat jarayonlaridan tashqari shaxsiy mahsuldorlik va doimiy ish kuniga ham joriy qilish yaxshi samara beradi. «Uyga qarab yur» , «katta narsaga intil»  degan so‘zlar yaxshi motivatsiya bo‘lishi mumkin. Kaizen esa ishontirish borasida bulardan kuchsizroq bo‘lsa-da, ko‘proq ishga da'vat etuvchi, muvaffaqiyatsizlikni qabul qila oluvchi, yaxshiroq ishlashni o‘rgatuvchi falsafa hisoblanadi.

Asosiy prinsiplari

Kaizenni joriy qilishdan maqsad samaradorlik, qoniqish hissini oshirish va sarf-xarajatni kamaytirishga erishishdir. Uning asosini tashkil etuvchi omillar esa quyidagilardan iborat:

Jarayonni standartlashtirishi, shuning uchun ham hammasi avvaldan tashkil etilgan va takrorlanuvchi;
Baho berishga e'tibor qaratish va jarayonni faktlarga tayanib baholash;
Natijani odamning ehtiyoji bilan solishtirish (Senga va'da qilingan narsaga erishdingmi?)
Bir xil natijaga erishish uchun yangi va innovatsion yo‘llardan foydalanish;
Vaziyatni o‘zgartirish va metodlarni yangilash uchun harakat qilish.
«Bugungi kunimning «top natija» si nima bo‘ldi?» 
«Bugun mening eng ojiz nuqtam nimada ko‘rindi?» 
«Keyingi safar bundan yaxshiroq bo‘lishi uchun nima qilish zarur?» 
«Men bugun nimadan mag‘rurlandim?» 
«Nima o‘rgandim?» 

Garchi Kaizen falsafa atamasi hisoblansa-da, u o‘zgarmas qoida emas. Bu tushuncha moslashuvchan, shaxsning o‘ziga, ish holatiga va uning xohish-irodasiga qarab o‘zgaradi.

Sizni qaysi daraja qoniqtiradi, degan savolni berish ham muhim. Masalan, ba'zi odamlar uchun kechagi kunidan 1 foizgina yaxshi yashasa, yetarli. Ayrimlar esa kaizenni inglizcha 5 ta S nazariyasi bo‘yicha (sifat, kuch-qudrat, yorug‘lik, standartlashtirish, barqarorlik) ishlatadi.

Kaizenni individga joriy qilish

Kaizenni ish faoliyatida joriy qilib, ko‘proq ish unumdorligiga erishish mumkin. Aytaylik, kitob yozish kabi kreativ topshiriqlarda ham turli xalaqit beruvchi holatlarni kamaytirib, ishni tugatishga yordam berishi mumkin.

Qayerga va nima uchun energiya sarflayotganini anglash kerak.
«O‘zingdan qaysi mayda intilishlar yordamida ham ko‘proq samaradorlikka erishishing mumkinligini so‘rab tur»  qoidasi.
Ish rejalashtirish va uni yaxshilash uchun nima qilish mumkinligini o‘ylash uchun vaqt ajratish.
Kaizenning asosiy vazifalaridan biri xarajatni kamaytirish. Unumdorlikka erishishning ham yo‘li oson: kamroq va yaxshiroq qil.

Agar o‘zingizni bag‘ishlayotgan ishingiz siz uchun muhimligini his qilmasangiz, unda siz vaqtingizni bekor sarflayotgan bo‘lishingiz mumkin. Unda to‘xtatish uchun nima kerakligini ham bilish zarur. Biz ba'zida o‘z kunimizning sarfini tashkil qilishda xatoga yo‘l qo‘yamiz. Bunday bo‘lmasligi uchun esa o‘z kunlik jadvalimizni tekshiruvdan o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi.

Har bitta topshiriqni haftalik qilib belgilab olish zarur. Agar jarayon haqida to‘liq ma'lumot bo‘lsa, qaysi topshiriqlar muhimligini belgilab olish va u, haqiqatan, siz uchun bajarilishi kerakligini his qilishingiz zarur.

Agar siz uchun ushbu topshiriq juda kerakli o‘rinni egallasa, uni qanday qilib tez va va yaxshiroq qilish uchun o‘zingizning imkoniyatlaringizni o‘lchab ko‘rishingiz zarur. Turli muhim ma'lumotlarni yozib qo‘yish yoki e-mail'dan foydalanib, qayd qilish ishlarini tashkillashtirish mumkin.

Bir qancha liderlar ko‘z ochish mashqidan foydalanishadi. Masalan, ular o‘zlari uchun zarur bo‘lmagan majlislardan «yo‘q bo‘lish»  yo‘lini topishadi.

Biz hammasi yaxshilanishi haqida o‘ylayotganimizda kalit harakat – hammasini mayda narsalar bilan rejalashtirishimiz imkoni bo‘lishi mumkin. Mayda narsalar haqida o‘ylash kerak. Biroq ba'zida instinktlarimiz katta narsalar haqida xayol qiladi. O‘ta sabrsizlik bilan natijani kutamiz. Agar shu kecha amalga oshmasa, aqalli shu hafta yoki oyda kutganimizga erishishimiz zarurday tuyuladi. Biroq kichkina narsalardan boshlab rejalashtirish sabr talab qilsa ham, ular orqali katta narsalarga erishish osonroq.

Aytaylik, siz o‘z ish unumdorligingizni oshirish uchun hatto tanafussiz ham ishlashni ma'qul ko‘rdingiz. Biroq agar ishni 15 daqiqagina oldin boshlab, telefoningizni sizga dam olish vaqtini eslatishi uchun ogohlantiruvchi vazifasini yuklab qo‘ysangiz, ko‘proq narsaga erishish mumkin.

Agar bu kabi metodlar ish bermasa, yana boshqa usullar o‘ylab topishga harakat qilish kerak. Agar ular ham sizni yaxshi tarafga o‘zgartirmasa, demak, hayotingizda nimanidir faqat juda oz-ozdan o‘zgartirib borish kerak.

Biz band bo‘lganimizda o‘z ishimizni baholash uchun deyarli vaqt topmaymiz. Biroq Kaizen, hammasi nimaga qarab borayotganini baholashni talab qiladi.

Xuddi Toyota singari o‘zingizni charchagan, tashvishlangan, diqqati bo‘lingan deb topsangiz, ishni to‘xtatish zarur. Bu kabi holatlar siz uchun tanaffus olish va hammasini joyiga qo‘yish uchun nimadir qilishingiz zarurligini ko‘rsatadi. Hammasini sabr bilan o‘z-o‘zini nazorat qilish va holatni ozgina sekinlashtirishni ham unutmaslik zarur.

Masalan, har yakshanbada 1 soatni o‘tgan haftaning sarhisobi va keyingi ishlarning to‘liq rejalashtirilishi uchun sarflash mumkin. Bunda bir haftalikka baho berishda yutuq va kamchiliklarni ko‘ra olish, ularni balansda tahlil qila olish ham muhim.

Hatto kunlik ham ayrim savollarni odam o‘ziga berishi mumkin:

Kaizen g‘oliblik va mag‘lubiyat o‘rtasidagi alternativ yo‘lga o‘xshaydi. Qaysi birini tanlashni va maqsadlarimizni qay darajada realizatsiya qilishni o‘zimiz hal qilamiz. Shuni unutmaslik zarurki, Kaizen hayotimizni bir tunda butunlay o‘zgartirib bermaydi, hammasi o‘ta kichik qadamlar bilan reallikka aylanadi.

Top