07:48 / 11.07.2019
8336

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra, Azizbek Abdulazizovich Bahodirov “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ta'sischilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, uyushma raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Azizbek Abdulazizovich Bahodiro

Azizbek Bahodirov 2017 yilning fevral oyidan buyon Toshkent arxitektura-qurilish institutining qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Namangan muhandislik-pedagogika institutining qurilish fakultetini 1998 yilda tamomlagan.

2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent arxitektura-qurilish institutida turli lavozimlarda ishlagan. U texnika fanlari doktori, professor.

Top