15:49 / 12.07.2019
4596

Dzyudo bo‘yicha Budapesht-2019 Gran-pri turniri start oldi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi.

Bugun birinchi kungi bahslarda erkaklar -60, -66 kggacha vaznda, ayollar -48, -52 va -57 kggacha vaznda tatamiga chiqishmoqda.

Dastlabki kungi ishtirokchilar orasida o‘zbekistonlik sportchilardan erkaklar bahsida Komron Nurillayev va Sharofiddin Lutfillayev -60 kg, Sardor Nurillayev va Shahram Ahadovlar -66 kg vaznda qatnashmoqda.

O‘zbekistonlik dzyudochi qizlardan Diyora Keldiyorova -52 kg vaznda musobaqada qatnashdi. U dastlabki bahsdayoq yaponiyalik Maida Chishimaga yutqazdi va musobaqadan chiqdi.

O‘zbekistonlik dzyudochi yigitlardan Komron Nurillayev va Sharofiddin Lutfillayev va Shahram Ahadovlar bahslarni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan bo‘lsa, -66 kg vaznli sportchilardan biri Sardor Nurillayev argentinalik Almog Talga yutqazib musobaqani erta tark etdi.

Turnirdagi birinchi kungi bahslar davom etmoqda.

Top