14:45 / 18.07.2019
9765

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valutaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bugungi kunda bojxonachilar tomonidan bojxona chegaralaridan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatga o‘tish uchun ushbu post orqali harakatlangan fuqaro S.Sh. shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kiyimi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan 7 625 AQSh dollari xorijiy valutasini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishi fosh etildi.

Aynan ushbu post orqali qo‘shni davlatga otlangan yana bir fuqaro A.G.ning sumkasi xolislar ishtirokida bojxona tekshiruvidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida og‘zaki so‘rovda taqdim qilingan 2000 AQSh dollaridan tashqari, bojxona nazoratidan yashirilgan 4830 AQSh dollari xorijiy valutasi ham borligi aniqlandi.

Yana bir holatda fuqaro V.B. mazkur post xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, cho‘ntaklarida og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 110 000 Rossiya rubli hamda 7 000 AQSh dollari naqd xorijiy valutalarini yashirganligi ma'lum bo‘ldi.

“Farhod” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan esa qo‘shni davlatga o‘tayotgan fuqaro X.O. 562 000 Rossiya rubli miqdorida xorijiy valutani yashirincha olib o‘tish vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Top