14:15 / 18.07.2019
26382

Elektr energiyasi uchun 269 000 000 so‘m yolg‘on qarzdorlik borligi aniqlandi

Foto: RIA Novosti

Jizzax shahrida hayratlarga sabab bo‘lgan voqea kuzatildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi.

Qayd etilishicha, federatsiyaga murojaat qilgan X.Sanaqulov yashash xonadoniga Jizzax shahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun 269 000 000 so‘m qarzdorlik borligi to‘g‘risida ma'lumot kelganligi, biroq bu qarzdorlik asossiz ekanligini bildirgan. 

Federatsiya xodimlari hujjatlarni o‘rganib, qayta hisob-kitob qilganda, bu qarzdorlik to‘g‘risidagi ma'lumot umuman yolg‘on ekanligi ma'lum bo‘ldi. Aksincha, fuqaro elektr energiyasi uchun 74 000 so‘m ortig‘i bilan to‘lov qilgani aniqlandi. 

Federatsiya ma'lumotida aytilishicha, Jizzax shahar “Zilol” mahallasida yashovchi S.Abdullayeva xonadoniga ham elektr energiyasidan 249 847 000 so‘m, S. Karimovga esa 249 847148 so‘m asossiz qarzdorlik yozilgan. Federatsiya voqea tafsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berishini bildirgan.

Mavzuga oid
Top