09:30 / 19.07.2019
27262

Bosh prokuratura Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qotillik haqida rasmiy ma'lumot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan qotillik jinoyati haqida rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 17 iyul kuni soat 21:45larda fuqaro D.P. (1977 y.t.) shar'iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i R.I. (1963 y.t.) bilan Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 dahasida joylashgan yashash xonadonida mast holda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan R.I.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan D.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top