09:46 / 22.07.2019
17158

Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta'minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingi tashkil etilmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta'minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX'dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.

Top