15:21 / 23.07.2019
8320

Fransuz meteorologlari Yevropaga yana jazirama qaytishini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti / Jyulen Mattia

Fransiya meteorologlari Yevropada yana jazirama harorat hukm surishini ma'lum qilishdi.  

"Yevropaning katta qismi jaziramaga duch keladi, yangi harorat rekordlari kutilmoqda. Payshanba kuni harorat 40 darajadan oshishi mumkin", - deb xabar berdi Meteo France meteorologiya xizmati.

Meteorologlar xabariga ko‘ra, Parijda harorat 42 darajaga yetadi.

Iyun oyi oxirida Fransiyada yuqori harorat kuzatilgan, mamlakatning ayrim hududlarida termometr 40 darajadan baland ko‘rsatkichni qayd etgandi. 

Top