09:19 / 23.07.2019
33974

Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomlarning yangi namunalari tasdiqlandi

Foto: PhotoXpress

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi 607-son qaroriga muvofiq ular 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi, deb yozmoqda Norma.
 
Hujjatda bakalavr va magistr diplomlari, shuningdek OTMdan chetlatilgan taqdirda akademik ma'lumotnomaning davlat namunalari taqdim etilgan. Akademik ma'lumotnomada o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, topshirilgan kurs ishlari, amaliyot o‘tilganligi, yakuniy attestatsiya natijalari va h.k. ko‘rsatiladi.
 
Ushbu hujjatlar blankalari kompyuterda to‘ldiriladi va tekin tarqatiladi (dublikat berish holatlari bundan mustasno). Diplomlarning bumvinil muqovalari sun'iy charmdan tayyorlanganiga almashtiriladi.
 
Har bir diplomning ichiga individual QR-kod qo‘yiladi. QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta'minoti uch oy muddatda ishlab chiqiladi. Mazkur chora diplom va uning ilovasida mavjud ma'lumotlarni olish imkoniyatini kengaytiradi hamda mamlakatimiz diplomlari shaklini ilg‘or xorijiy amaliyotda foydalanilayotganlariga yaqinlashtiradi.
 
Hujjat 20.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Top