13:40 / 23.07.2019
42537

«O‘ztransgaz» rahbari boshqa lavozimga o‘tkazildi

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi Bahodir Beshimovich Eshmuratov boshqa ishga o‘tkazildi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u «Hududgazta'minot» AJ raisi etib tayinlangan. 

Bahodir Eshmuratov 2018 yil dekabridan buyon «O‘ztransgaz» rahbari edi.

Bahodir Eshmuratov
Foto: Gazeta.uz

O‘z navbatida, «Hududgazta'minot» AJning yangi raisiga yangi o‘rinbosar ham tayinlangan.

Shu vaqtgacha «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Abduvosiqovich Turdiboyev «Hududgazta'minot» AJ raisining iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, «Hududgazta'minot» AJ prezidentning «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan «O‘ztransgaz» AJning gaz ta'minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida tashkil etilgandi.

Qarorga ko‘ra, «O‘ztransgaz» «O‘zbekneftgaz» tarkibidan chiqarilgan. Kompaniya qazib oluvchi tashkilotlardan tabiiy gazni sotib olib, keyinchalik eksport va importga yetkazib berish, shuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste'molchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi yagona operatorga aylangan. «Hududgazta'minot» esa gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste'molchilarga gaz sotish bilan shug‘ullanadi.

Top