19:47 / 23.07.2019
4574

Xitoy kompaniyasi Daimler avtokonsernining 5 foiz ulushini sotib oldi

Xitoyning Beijing Automotive Group (BAIC) avtomobilsozlik guruhi Germaniyaning Daimler AG konsernining 5 foiz ulushini sotib oldi.

BAIC Daimler aksiyalarining 2,48 foizini hamda nemis kompaniyasi aksionerlik kapitalining 2,52 foiziga egalik qilish huquqini sotib oldi.

Daimler 2013 yildan buyon BAIC Motor kompaniyasining investori hisoblanadi va ushbu kompaniya direktorlar kengashida ishtirok etadi.

BAIC va Daimler 2005 yildan buyon Xitoyda bir nechta korxona tashkil etgan. Beijing Benz Automotive Company (BBAC) kompaniyasi Xitoyda yuqori toifadagi avtomobillar ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblanadi.

Daimler kompaniyasining 5 foizlik ulushi 2,5 mlrd yevroga baholandi.

Top